BoshSahifa
Регистрация
Вход

 


Вы вошли как Гость | Группа "Гости"Приветствую Вас Гость | RSS
Menyu
Sizi Ovozingiz
Sizi Ovozingiz
Всего ответов: 69
Mini-Chat
   

 
 
Ergashev Davron Bahodirovich
Davron Ergashev 1978 yil 14 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Aslida yoshligida san'atga unchalik ham qiziqmagan kichik Davronni fikru-hayoli futbolda edi. Biroq, unga fotbolchi bo'lish nasib qilmagan ekan. Sababi, kunlarning birida bolakay Davron stadionda to'p tepib yurganida onasi Ra'no Ergasheva stadionning o'zidan yetaklab to'g'ri "Glier" nomli musiqa maktabiga yetaklab olib borgan.
Ming afsuski, bo'lajak yulduzimiz o'qish imtixonlarini topshira olmagan. Chunki, hali musiqa borasida hech qanday bilimga ega emasdi. Qolaversa, kim ham tayyorgarliksiz imtixon topshira oladi, deysiz.

So'ng 1988 yil 28-musiqa maktabiga o'qishga kirdi. 28-musiqa maktabidan so'ng, Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini 1993 yil tamomladi.

1994 yil san'atga mehri tushgan Davron Ergashev Doniyor Toshmuhammedovga shogirdlikka tushdi. Bir-ikki yil san'at sirlarini Doniyor Toshmuhammedovdan o'rgangach, Ulug'bek Otajonovga shogirdlikka tushdi. Bu ikki inson hozirgacha o'zining ustozi deb biladi.

1999 yili Davron yakkaxon ijodni boshladi va afg'on xalq kuyi asosida kuylagan "Boz omadi" nomli ilk taronasini chiqardi. Mashhurlikni esa unga "Yoqimtoy" qo'shig'i olib keldi. Shu orada Toshkent Sharqshunoslik Institutining Xalqaro Iqtosodiyot fakultetiga o'qishga kirdi. Biroq, u yerda faqatgina 3 kursgacha tahsil oldi, xolos. Chunki, san'at o'qishdan ko'ra ustunlik qila boshlagan edi. Ijodiy izlanishlar, har kuni studiya, el xizmati degandek... O'qishdan ko'ngli sovuganligi sabablimi yoki boshqa sabab institutni erta tark etganidan afsuslanmaydi. Bu yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga imtixon topshirish niyati ham yo'q emas.

Davron Ergashevning ijodidagi katta burilish 2005 yili yuz berdi. Ya'ni, odatiy uslubidan chetlashgan holda bir oz AQSHning mashhur yo'nalishlaridan bo'lmish "R and B", "Reggi" kabi ijodiy uslublarda o'zini sinab ko'rdi(AQSHga 3 marotaba borishning ta'siri, bo'lsa ajab emas). Aynan mana shu yo'nalishda ijro etilgan "Zakonniy", "Mario" qo'shiqlari juda ham qisqa fursat ichida xalq orasida ommalashdi. Buni hatto Davron Ergashev ham kutmagan edi, lekin umid qilgan. Buni qarangki, bugungi kunda ushbu yo'nalishda ijod qiladigan yoshlarimiz ham ko'payib qoldi. Albatta bu talabga qarab, taklifning natijasi bo'lsa kerak.





Qo'shimcha ma'lumotlar:

Yoqtirgan ranglari: oq, qora, qizil, sariq, yashil
Yoqtirgan fasli: bahor va yoz
Sevimli qo'shig'i: Tarkan "Du-du" hamda o'z ijodidan "Rayhon-rayhon"
Ijodini hurmat qiladigan xonandalari: Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, G'iyos Boytoev, Sevara Nazarxon, Rayhon, Ulug'bek Otajonov, Muhriddin Holiqov, Ibrohim Tatlisa, Snoop dog, Usher, Britney Spears, J.Lo
Sevimli filmi: "Kelinlar qo'zg'aloni"
Sevimli multfilmi: "Tom va Jerri", "Nu, pogodi!"
Sevimli aktyor va aktrisasi: Jan Klod Van Dam, Juliya Roberts
Sevimli taomi: Tandir kabob, osh, azarbayjoncha Xashlama hamda Mc Donalds taomlari
Sevimli ichimligi: mevali sharbat
Sevimli sport turi: futbol, bouling hamda billyard
Hobbisi: Xorijiy davlat pullarini yig'ish
San'atkor do'stlari: Samandar, Abdurashid Yo'ldoshev, Doston Ubaydullaev, "Afruz" guruhi hamda Shahnoz


Oilasi:

Otasi: Bahodir Ergashev
Onasi: Ra'no Ergasheva
Opasi: Shahnoza
Singlisi: Dilnoza
Ukasi: Otabek

2001 yil 5 iyun kuni oila qurgan.
Turmush o'rto'gi: Anoraxon
Qizi: Mohirabonu (2001 yil 8 dekabrda tavallud topgan)
O'g'li: Ibrohimbek (2003 yil 5 martda tavallud topgan)

Yutuqlari:

2003 yil "Tarona" mukofotini "Yilning eng yaxshi erkak" hamda "Yil qo'shig'i" ("Seni ko'rsam qaniydi" qo'shig'iga Shahnoz bilan) yo'nalishlarida qo'lga kiritgan.
2006 yil "Tarona" mukofotini "Yil qo'shig'i" yo'nalishida ("Mario" qo'shig'i uchun) qo'lga kiritgan


Albomlari:

1999 yil "Yoqimtoy"
2000 yil "Yonimda qol"
2001 yil "Asalim"
2002 yil "Ishontir meni"
2003 yil "Seni ko'rsam qaniydi"
2004 yil "Muhabbat"

2000 yil 5-6 aprel kunlari Turkiston saroyida "Yoqimtoy" deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan

Hozirgi kunda 20ga yaqin klipi, 80ga yaqin qo'shiqlari bor.


Safarlari:

2001 yil UMRAga, Saudiya Arabistoniga
2003 yil turkiyaga Istambulga
2004 yilda ikki marta AQSHga
2005 yil Malayziyaga
2006 yil Hajga, Saudiya Arabistoniga
2006 yil AQSHga



__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Sardor Rahimxon
   Asl ismim Sanjar Rahimov. Men 1981 yil 3 sentyabr kuni soat 5:00da Toshkent shahrida joylashgan tug'uruqxonalarning birida tavallud topdim. Ko'pchilikka qiziq bo'lishi tabiiy: Sador Rahimxonning asl kelib chiqishi qayerlik? Men, qolaversa ota-onam ham asli Toshkentlikmiz.
   Yunus-obod tumanida joylashgan 150 o'rta maktabni 1998 yil tamomladim. Maktab yillarim juda qiziq hamda esda qolarli voqealarga boy bo'lib o'tdi. Bir voqea yodimga tushdi, maktabga borgim kelmagan paytlarda ertalab maktabga ketdim, deb uyimizdagi katta shkafni ichiga berkinib olardimda, hamma ishga ketgandan so'ng chiqib, to'plagan pullarimga do'kondan borib har xil shirinliklar va yaxna ichimliklar sotib olib, bayram qilar edim. Ochig'ini aytsam, qo'shnilar mendan bezor edi. Maktab chog'lari yon qo'shnimizni bog'ini yoqib yuborgan, yoki yerto'lamizni suv bilan to'ldirib qo'ygan, gilamni ustiga dazmolni qo'yib, uni teshib qo'ygan paytlarim ham bo'lgan.    Biroq, maktabda baholarim a'lo edi. Albatta ilk muhabbat ham o'sha davrga to'g'ri keladi. Dastlab, matematika darsida doskaga chiqib, masalani javobini bila olmay turganimda Gulnora ismli sinfdoshim qo'rqmay javobni qog'ozga yozib menga olib chiqib berganda, unga ko'ngil qo'ygandim. Keyinroq, Feruza ismli sinfdoshimni yaxshi ko'rganman. Bilsamki, Feruzani mendan tashqari sinfimizning naqd yarimi yaxshi ko'rar ekan. Yana bir esda qolarli voqea so'nggi qo'ng'iroq kuni sinfdosh qizlardan ikkisi menga sevgi izhor qilgan edi. Maktabda eng yaqin o'rtog'im Dilshod edi. Afsuski, 9 sinfdan so'ng, u boshqa maktabga o'tib ketgan. Maktabni bitirgunimga qadar uni o'rnini Aziz egalladi. Sinfdoshlardan Abror, Rahimjon, Abduvali, Malika, Dilnozalarni ko'p eslayman. Yigitlar bilan aloqa saqlanib qolgan. Choyxona deganlaridek... Ustozlarimdan Jamila opa, To'lqin aka hamda Mavluda opalarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Xullas, maktab davrimni ko'p yodga olaman.
   1998 yil maktabni bitirib, Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Elektronika avtomatika va hisoblash texnikasi" fakultetiga shartnoma asosida o'qishga kirdim. Talabalik davrim men uchun juda sermazmun o'tdi. Chunki o'sha davrda, men "Hamroh" avtoradiosiga tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib, ishga qabul qilingan edim. Tanlovda 850 ishtirokchi qatnashgan bo'lsa, ulardan 10tasi efir boshlovchisi lavozimiga qabul qilingan edi. Afsuski, "Hamroh"da bir marotaba efirga chiqib, boshqa radioga, ya'ni "Sezam"ga o'tib ketishga majbur bo'lganman. O'zbekchilik, tanish-bilishchilik degandek. "Sezam" radiosiga ishga kirishimda ustozim Nurmuhammad Isroilov hamda Qizlarxon Xo'jaevalarning xizmati katta bo'lgan. FM 105,4 to'lqinida Sardorbek Rahimov ovozi jaranglay boshladi. "Alibobo va 40ta tabriklar", "Yangi tong", "Sog'inib keldim", "Yaxshi niyat" kabi bir necha o'nlab eshittirishlarni efirga olib chiqdim. Darvoqe, shu orada "TV-Tarona" nomli yangi telekanal ochilishi haqida ma'lumot olgach, u yerdagi kastingda ham qatnashdim va muvaffaqiyatli o'tdim. Nimadir bo'ldi-yu, yana o'sha tanish-bilishchilik sabab radio bilan cheklanib qoldim. "Sezam" orqali Mansur aka, Mirsaid, Jahongir.uz kabi ijodkor do'stlarimni uchratdim. 2002 yil Jahongir.uz bilan sinov tariqasida mening ilk xonandalik ishim bo'lmish "Favvora" taronasini yaratib, aynan "Sezam" radiosi to'lqinlari orqali efirga uzatdik. Undan so'ng "Baxtliman", "Hayolimda", "Kechmish", "Adoman" kabi qo'shiqlar yaratildi. Albatta har birida o'ziga hos kamchiliklar bor edi. Bularni men o'zim sezardim. Keyingi qo'shiqlarimda bu kamchiliklarni qaytarmaslikka harakat qilganman. Radio orqali men ko'pgina san'atkorlar bilan tanishdim, maslahat oldim, shogird bo'ldim. Bularni natijasi o'laroq "Ishonmasman" taronasi yaratildi. Bu 2005 yil edi. Bu haqda keyinroq.
   Radioga ham, xonandalikka ham oilam dastlab qarshi bo'lishgan. Chunki, bizni oilamizda ham, avlodimizda ham san'atkorlar bo'lmagan. Qolaversa, san'at olami nechog'li mashaqqatli ekanini bila turib, ota-onam meni asrash maqsadida ham shu yo'ldan borishgan. Ilk muvaffaqiyatlarni ko'rgandan so'ng ota-onam meni orzu-istaklarim bilan ko'nikishdi. Ular asli meni diplomat yoki olim yoki yana organ xodimi bo'lishimni juda xohlashgan edi. Men esa hamisha erkin qushman! "Sezam" radiosida ikki yil ijod qilgandan so'ng o'z xohishim bilan yangi ochilgan FM 88,4 "Navro'z" radiosiga ishga o'tdim. Bu borada qo'shiqchi, shoira Shahnoz katta yordam bergan. Esimda "Navro'z"da ilk yangragan ovoz meni ovozim edi. "Navro'z" men uchun katta sinov va maktab vazifasini o'tadi. Bu yerda men ham radio, ham san'at olami professionallari bilan yuzma-yuz keldim. Radio bosh muxarriri Abror aka Imomxo'jaev va hamkasb do'stlarimning ko'pchiligidan ko'p narsa o'rgandim. Bu go'sha meni ikkinchi uyim bo'lib qolgan edi. Gohida ko'z yosh bilan u paytlarni eslayman. Hatto, eng yaqin do'stim Ulug'bek Rahmatullaevni ham o'sha paytda uchratganman.
   2002 yil Alpomish saroyida bo'lib o'tgan "Dilfuz-shou" konsert dasturida Ulug'bek "Yorim" qo'shig'i bilan, men esa "Adoman" qo'shig'im bilan qatnashgan edik. O'shanda Ulug'bek bilan tanishdik. Ulug'bek haqida keyinroq to'xtalib o'taman. "Navro'z"da faoliyat yuritayotgan kezlarim meni "Yoshlar" telekanaliga ertalabki dasturni olib borishga taklif qilishdi. Rozi bo'ldim. Bir-ikki efirga chiqdim. Keyin o'zimga yoqmay, bu ishimni to'xtatib turdim. Ko'p o'tmay "O'zbekiston" telekanalidagi "Intelektual ring" ko'rsatuviga ishga taklif qilishdi. Ko'rsatuv o'zimga yoqqani uchun rozi bo'ldim. Bir yildan oshiq, ushbu ko'rsatuvda teleboshlovchilik qildim. Bu ham men uchun kamera oldidagi maktab vazifasini o'tadi. "Navro'z"da esa ijod televidenie bilan hamohang tarzda jo'shqin davom etardi. "Navro'z" radiosida "Sevishganlar", "Muborak bo'lsin", "Ikki dil bayoni", "Sirdosh", "Do'st", "Sokin qirg'oqlar" kabi bir necha o'nlab mualliflik dasturlarini efirga olib chiqdim. Darvoqe, o'sha paytda "Navro'z" radiosi bilan birgalikda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati "Oltin ovoz" nomli yulduzlar fabrikasi tanlovini e'lon qilishdi. Men ham qatnashib, u yerga qabul qilindim. Fahrli birinchi o'rinni egalladim. Ko'p narsani o'rgandim deya olmaymanu, lekin shu tanlov sabab ustozim Iqbol aka Muhammadjonovni uchratdim. Albatta bu insonni meni ijodimdagi hissalari nechog'li katta ekanligi sizga ma'lum. "Navro'z" radiosidagi faoliyatim ikki yildan so'ng o'zining nihoyasiga yetdi. Ochig'i, "Navro'z"dan ketishim juda og'ir kechdi. Ko'nikishim qiyin bo'ldi. Chunki, mikrofonga, u yerdagi hamkasblarim, muxlislarimga juda o'rganib qolgandim. Xullas, "Oriat-dono" radiosiga ishga o'tdim. Uch oy bu radioni noni yegandan so'ng, radioboshlovchilik hamda teleboshlovchilik faoliyatimga yakun yasashga qaror qildim.
   2005 yil oxirida "Ishonmasman" taronasi orqali xonandalik faoliyatimni jiddiy boshladim. Boshida juda qiyin bo'ldi, moliyaviy masalalar deysizmi, tanish-bilish... menda har ikkisi ham yo'q edi. Faqat o'zimga va yaqinlarimga ishonishim mumkin edi. Bu davrda do'stim Ulug'bek menga mustahkam suyanchiq bo'ldi. Allohga shukurki, yuzim yorug' bo'lib, "Ishonmasman" qo'shig'i ishonmagan ishonchimni oqladi. Shu qo'shiq tufayli 2006 yil "Tarona taqdimoti" marosimida "Musiqada yil yangiligi" yo'nalishi bo'yicha taqdirlandim. Bu paytdagi hursandchiligim va hayajonim cheksiz edi. Ketidan "Sen meni sevasanmi", ya'ni "SMS" kinofilmida bosh rolni ijro etdim. Bir necha o'nlab yangi qo'shiqlar yaratdim va 2006 yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Nihol" mukofotiga loyiq deb topildim. Mukofotlar men uchun ilhom manbayi vazifasini o'tadi. Qolaversa, ota-onam meni muvaffaqiyatlarimni ko'rib, menga ko'proq ishona boshladilar. Tabiiyki, hammasi bir tekisda, yaxshi emasdi. Ya'ni, nohaq tuhmatlar ko'rolmasliklar, ig'vo gaplar, oyoqqa bolta urishlar... bularning hammasi bor edi. Faqat men ularni gapirgim kelmaydi. Xudo hammaga insof bersin!
   2006 yil so'ngida men o'zim umuman kutmagan holatda "M&TV Music Awards" taqdimot marosimida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" yo'nalishi bo'yicha taqdirlandim. Nazarimda, bunga "Arazingiz" taronasi sabab bo'lgan.
Imkoniyatdan foydalanib, men hayotimda, ijodimda ahamiyatga ega bo'lgan insonlarni eslab o'tmoqchiman. Bular: Nasiba Abdullaeva, O'lmas Olloberganov, Ozodbek Nazarbekov, G'iyos Boytoev, Ravshan Komilov, Yulduz Usmonova, Mirzabek Holmedov, Saidazim Murodxonov, Jahongir.uz, Jasur Badalboev, Farhod Saidov, Toir Asqar va yana ko'pgina menga mehnati hamda mehri ketgan insonlar. Kimni yoddan chiqargan bo'lsam, hafa bo'lmasliklarini iltimos qilaman.
   Hayotda o'zimni tutib olishimda Oybek aka Alievni hissasi katta. Ular menga o'zimni topishimda va kelayotgan sinovlardan qo'rqmasligimda katta o'rin tutdilar. Ularni juda hurmat qilaman va qadrlayman. Qolaversa, "Zamin FM" radiosi, "Terra Group" kompaniyasi menga mustahkam suyanchiq, o'z o'rnida hamma radiostantsiyalar, telekanallar, gazeta-jurnallar, internet saytlari qo'ldan kelgancha dalda bo'lib turishadi.
   Endi ustozimga ozgina to'xtalmoqchiman, ko'p jabhalarda men ustozimga o'xshagim keladi. Ularga havas qilaman. Ham odamiylik, ham iste'dod, ham iymon tomonlama ular menga hamisha o'rnaklar. Men ularga, o'zimga nimaiki yaxshilik tilasam shuni tilayman. U inson Iqbol aka Muhammadjonov.
   Do'stim: Ulug'bek Rahmatullaev - u meni eng yaqinim, sirdoshim, suyanchig'im. Bizni oramizda raqobat yoki ko'rolmaslik yo'q. Allohga shukurki, shu kunga qadar odamlarni noo'rin tuhmatlarini yolg'on ekanligini isbotlab kelyapmiz. Men u bilan fahrlanaman. U bir so'z bilan aytganda haqiqiy do'st. Uni o'rnini hech kim bosolmaydi.
Bulardan tashqari sizga notanish, lekin men uchun ahamiyatli juda ko'p qadrdonlarim bor. Ular sabab men qiyinchilikdan oson, zahmatlardan omon chiqaman. Hammalarini yaxshi ko'raman.
   Endi oilamga to'xtalsam, oilam mening muqaddas dargohim. Bu haqda ko'p ham gapirgim kelmaydi. Chunki bu mening shaxsiy hayotim.
   Otam - Mirahmad aka Rahimov, juda mehribon va sahiy inson. Bu qadar bag'ri kenglik va sahiylikni men boshqa uchratmasam kerak.
   Onam - Marg'uba opa Rahimova, men uchun hammadan ko'p qayg'uradigan, irodasi mustahkam, juda mehribon va oqila ona. Meni har vaqt tushunadigan va men tomon bo'ladigan inson.
   Akam - Anvar Rahimov, juda oddiy va juda aqlli inson.
   Ukam - Nodir Rahimov, hamisha yonimda va men fahrlanadigan, suyanadigan inson.
   Kelin oyim - Dilbar Rahimova, pazanda va juda ibratli kelin.
   Jiyanim - Mavzurxon Rahimov, uyimiz quvonchi va baxti.
   Gapirsam gap ko'p. Hayotim ham qiziqarli voqealarga, dardu-hasrat, quvonch va baxtga to'la. Men hamisha o'zimga va iymonimga suyanganman. Bilamanki, hayotda hech narsa tasodifiy emas. Bir narsaga, biror narsa sabab bo'ladi. Ertangi kun bugundanda nurli bo'lishiga ishonaman. Aniqki, siz o'zingizga ne yaxshilikni tilasangiz, atrodagilarga ham shuni ravo ko'rsangiz, Alloh sizga baxtingizni beradi.
   Men uchun qo'shiq bu suv va havo, hayot demakdir. U orqali men dilimdagini oshkor aytaman. Agar san'atim orqali sizga ozmi-ko'pmi mehr ulashayotgan bo'lsam men maqsadimga yetdim.
       





_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Obid Asomovning hayoti hamda ijodi



Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida tavallud topgan. Otasi - Asomov A’zam Abbosovich. Onasi - To’xtaxon Asomova. Oilada 4 ta farzand bo’lishgan. Ikki o’g’il va ikki qiz(ming afsuski bevaqt o’lim Sobit Asomovni ularning orasidan erta olib ketdi). 1971 yil jajjigina Obid 128 o’rta maktrabga o’qishga chiqqan. Buni qarangki, boshqalardan farqli ravishda Obid Asomov maktabga 8 yoshida chiqqan. Oktyabr oyida tug’ilgan bo’lganligi uchun 7 yoshga yetmagan, - deb 1970 yil maktabga qabul qilishmagan. Yosh yigitchada 4 - sinfdan boshlab rasm chizishga qiziqish uyg’ona boshlagan. 8 sinfgacha maktab darslari bilan paralel ravishda Respublika pionerlar saroyida rassomchilik to’garagiga ham qatnagan. So’ng Binkof nomli rassomchilik bilim yurtida 4 yil tahsil olib, qizil diplom bilan o’qishni bitirgan. Shu orada qiziq bir tasodif tufayli qiziqchilikka ilk qadamlar qo’yilgan. Qiz sinfdoshlarini ota-onalari yosh bo’lishiga qaramay 8 sinfni tamomlagani zahoti birin-ketin uzatishni boshlashgan. Uzatilayotgan qizlarning birini to’yida o’rta olib boradigan odam bo’lmay qolgan. Ashulachi-yu, sozanda bor, aynan o’rta olib boruvchi yo’q. Sozandalardan biri bir guruh yigitlarni(bu bir guruh yigitlar – Obid Asomov hamda uning sinfdoshlari edi) oldiga kelib, “orangizda xonandalarga navbat beradigan, gapga usta bolalar yo’qmi?”, - desa barcha sinfdoshlar bir bo’lib, qo’lini bigiz qilib, mana deya Obidni ko’rsatishadi. Sinfdoshlarni aynan Obidni ko’rsatganligiga sabab, kichik Obid maktabda hazil-huzul qilib, latifalar aytib, hammani kuldirib yurganligi uchun bo’lsa ajab emas. Ilk bor to’y xashamda mikrofonni qo’liga ushagan yigitcha hali kelajakda eng mashhur qiziqchi bo’lib yetishishini tasavvur ham qilmagan edi. Birinchi to’y olib borishi el nazariga tushgan shekilli, keyin uyga eshik taqillatib keladigan bo’lib qolishgan. Bir-ikkitasiga rad javobini berishiga qaramay to’ylarga taklif qilaverishdi.. Bir tarafdan rassomchilik uchun bo’yoq va boshqa anjomlariga pul kerak, to’ydan esa aynan mana shu sarf-xarajatni qoplaydigan pul tushib turibdi, kimga ham yoqmaydi, deysiz. Pulga to’yga chaqirgandan keyin, o’sha olayotgan pulini oqlash kerak, buni tushungan bo’lajak san’atkorimiz o’z ustida ishlay boshladi. Mirzabek Xolmedov u paytda eng zo’r qiziqchi edi. Palon to’yga Mirza kelibdi, - desa, yarim Toshkent ko’chib borardi. Hatto, Mirzani vaqtiga qarab to’ylar belgilanardi. Rassomchilikni bitirayotgan paytida Obid Asomov ismini ham butun Toshkent bilib boshladi. Shu orada rejissor Hamid Qahramonov “Shunchaki hazil” nomli ko’rsatuv chiqardi.
1983 yili mana shu ko’rsatuvga taklif qilishdi va birinchi marta TVda Obid Asomov paydo bo’ldi. Institutni a’lo baholar bilan bitiganligi uchun Rossiya poytaxti Moskvadagi Surikov institutiga rassomchilik bo’yicha tahsil olishga yo’llanma berishgan. Obid Moskvaga borib reja tuzadi, “agar Surikov institutiga o’qishga kira olsam, demak Moskvada yashayman, qiziqchilik yig’ishtiriladi, faqat rassomchilik bilan shug’ullanaman. Agar kirolmasam rassomchilik ikkinchi o’ringa o’tib, qiziqchilik birinchi o’ringa chiqadi”. Imtihonlardan so’ng, o’qishga kira olmaganligi ma’lum bo’ladi. Birgina yo’nalish bo’yicha ikki baho olganligi uchun imtihonlardan o’ta olmaydi. Agarda hamma bahosi 3 bo’lgan taqdirda ham o’qishga qabul qilinar edi. Chunki 16ta Respublikaga bittadan joy berilgan. O’zbekiston nomidan esa aynan Obid Asomov borgan. Institut rektori Bandarenko Asomov chizgan rasmlarimni ko’rib, imtihonlardan oldin oldiga chaqirtirib, “Restovratsiya” fakultetiga kirishini tavsiya etganda, abiturient Asomovning g’ururi yo’l qo’ymay, “Jivopis”ga hujjat topshiradi. Imtihonlar yakuni esa sizga ma’lum. Toshkentga qaytib kelgach, qarasaki hamma tanish-bilishlari o’qivotti, hatto ba’zilari Rossiyaga borib o’qishga kira olmaganligidan kulishgan ham. Mana shu ustidan kulganlar uyalib qolsin, deb keyingi yili Rassomchilikka o’qishga kiradi.
1984 yilda o’qishga kirgan talaba Asomov institutni 5 yil(aslida o’qish 6 yil bo’lgan) o’qib qoldirib ketishga majbur bo’ladi. Chunki, 5 - kursda tahsil olayotgan Obid har kuni TVga chiqar edi, to’ylarga borar edi. Institut dekaniga esa bu hol yoqmas edi. Yoki qiziqchilik, yoki o’qishni tanlashiga to’g’ri kelgan. Shunda Obid Asomov hech ikkilanmay ariza yozib, o’qishni yig’ishtiradi. 1989 yilda taniqli kinorejissor Latif Fayziev kinosinovga chaqiradi va Obid Asomov kinodagi o’z ishini Hindiston bilan birgalikda suratga olinayotgan “Ovchi” filmidan boshlaydi. Ilk filmning o’zi anchagina omadli keladi. Ya’ni,. ikkinchi rejissor Umesh Mehra bo’lgan “Ovchi” filmida o’sha paytning super yulduzi Mitxun Chakroborti bilan birgalikda filmda rol ijro etadi. Mana shu filmdan so’ng turli filmlarga takliflar ko’paya boshladi. Oradan ko’p muddat o’tmay Mirzabek Holmedov, To’xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo’jaev, Sobit Asomov va Obid Asomov 5 kishi bir bo’lib, “Ko’zgu” nomli teatr tashkil etishadi. “Ko’zgu” teatri qisqa fursat ichida tan olinib, xalq ko’nglidan joy oladi. Hatto, Xalqlar Do’stligi saroyida o’sha paytning “rekord ko’rsatkichi” - 14 kunlab ikki mahaldan konsert ham beriladi. Bu orada Obid Asomov hozirgi “O’zbeknavo”, o’sha paytdagi “O’zbekestradasi”da ham faoliyat yuritadi. 1993 yilda Obid Asomovning orzularidan biri ushaladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, “Obid-A” teatrini tashkil qiladi. Hozirda Obid Asomov 4ta shirindan-shakar farzandlarning otasi. 3ta qiz va bitta o’g’il. Dilorom, Nargiza, Odilxon hamda Nozima.






_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Avtobiografiya
   Men, Pazletdinov Firdavs Sayfitdinovich, 1980 yil 9 avgustda Toshkent shahrida, ziyoli oilada tavallud topdim. 1987 yil Georgiy Dmitriy nomidagi 9-oliy maktabning 1-sinfiga o'qishga bordim.
    1996 yili shu maktabning 9-sinfini bitirdim. Shu yili “International House” kollejiga o'qishni davom ettirish maqsadida, o'qishga kirdim.     1998 yili shu kollejni “English Oxford” mutaxassisligi bo'yicha tamomladim va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Menejment” fakultetiga I-kursga imtihon asosida qabul qilindim. Ushbu Universitetni 2002 yilda Bakalavr diplomi bilan yakunladim.
   Avval oilada 4 kishi edik, otam, onam, men va singlim.
Otam - Pazeltdinov Sayfiddin Paxriddinovich 1957 yil tavallud topganlar. Ma'lumotlari oliy. Toshkent Arxitektura va Qurilish institutini tamomlaganlar. Hozirda arxitektor.
   Onam - Pazletdinova Noila Ahmedovna 1958 yil tug'ilganlar. Ma'lumotlari oliy. Toshkent shahar P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejini bitirganlar. Keyinchalik Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi bo’limini tamomlaganlar. 10 yil davomida 12-bolalar поликлиника bosh shifokor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritganlar. Hozirda “FIRDAVS-N” sayyohlik firmasining direktori hisoblanadilar. Mening san'atga kirib kelishimda ota-onamning hissalari katta bo'lgan.
   Singlim - Pazletdinova Nodira 1984 yil tug'ilgan. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini bitirgan. Ma'lumoti oliy. Avval “Firdavs-N” guruhining hor jamoasida ham faoliyat olib borgan. Yaqinda qiz farzandlik bo'ldi va ismini Yasmina deb qo'yishdi. Hozirda uy bekasi.
   O'zimni oilamga keladigan bo'lsak, uylanganman. To'yim 2004 yili 28 fevralda “O'zbekiston” mehmonxonasida bo'lib o'tgan. Bitta farzandim bor. Rafiqam Pazletdinova Shahlo Saidakbarovna. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr va magistraturasini tamomlagan. Ma'lumoti oliy. Shu universitetda 3 yil davomida “Xalqaro munosabatlar” fani o'qituvchisi lavozimida ishlagan. Hozirda “Sport” teleradiokanalida maxarrirlik qilmoqda.
   Qizim - Pazletdinova Samira Firdavsovna. 2004 yil 19 noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirgi kunda bog'chaga tayyorgarlik ko'rmoqda.
   Men yoshligimdan san'atga qiziqqanman. Bolaligimda uxlamasdan to'polon qilganimda, dadam tor chalib uxlatgan ekanlar. Maktab davriga kelib esa, o'zim har xil qo'shiqlarni hirgoyi qilib yurganman.
   1996 yil. Ilk bor “Pari-pari” taronasi bilan san'atga qadam qo'ydim. Shu yilning may oyida esa, “Alpomish” sport saroyida katta sahnaga qadam qo'ydim (ya'ni rep yo'nalishidagi aynan shu taronam bilan).
   1998 yil. O'z yo'nalishimni o'zgartirib, milliy estrada yo'nalishiga o'tdim. Birinchi qo'shig'im “Parvonasan” deb nomlangan va xalqqa ma'qul bo'lgan. Aynan shu yili sobiq “Sezam” radiosining “Yangi ovoz” nominatsiyasining sovrindori bo'lganman.
   2002 yil. Ilk marotaba konsert dasturimni 2-3 iyun kunlari “Turkiston” saroyida o'tkazdim.
   2004 yil. “Nihol” mukofotiga nomzodimni qo'ydim.
   2005 yil. “Nihol” mukofoti sovrindori bo'ldim va shu yili “Presstij” gazetasining “Yilning eng yaxshi imiji” nominatsiyasida g'olib bo'ldim. Qolaversa, Turkiya, Moskva, Xitoy va AQSh mamlakatlarida o'z konsert dasturlarimni namoyish etdim.
   Qiziqishlarim: Qo'shiq kuylash, avtomobil boshqarish, kino tomosha qilish, shaxsiy kompyuterimda montaj qilish va musiqa yozish.  Men uchun odatga aylangan: Ko'p uxlash va aytilgan joyga kechikib kelish. Xarakterim: Quvnoq, ishonuvchan, Jahlim tez chiqib, tez tushadi, mehribon, yaxshi insonlar uchun men ham yaxshiligimni ayamayman.

  Shu kungacha chiqargan albomlarim:
1.“Pari-pari” - 1996 yil.
2.“Baby ты моя малышка ” - 1998 yil.
3.“Parvona” - 2002 yil.
4.“Malyubiya” - 2003 yil.
5.“Hayot” - 2005 yil.

   Kliplar to'plami: “Pari pari”, “Ket bo'l”, “Baby ты моя малышка ”, “Onajon”, “Malikam”, “Yod kardam”, “Duhtari pari”, “Azizam”, “Sen-sen”, “Cheshno dele”, “Toshkent”, “Gulmaram”, “Layli”, “Malubiya”, “Dil izhori”, “Umr yo'li”, “Beg'uborim”, “Darvish”, “Sog'indim seni”, “Maylimi seni sevsam”, “So'lim”.

   Ishtirokimdagi filmlar: “Shaytanat” filmida Asadbekning o'g'li Samad obrazi mening kinodagi birinchi ishim bo'lgan. Ikkinchi rolim Abduhalil Mamadaliev rejissorlik qilgan “Suratdagi sir” filmidagi bosh rol, ya'ni Jamshid obrazini jonlantirganman. Qahramonim hayotda adashib, yomon yo'llarga kirib qoladi. Uni bu yo'ldan qizga bo'lgan muhabbatigina qaytarib qoladi. Bu filmda muhabbatning kuchini ko'rsatishga intildik.
   Bulardan tashqari “Sarvinoz” filmida “Dema dema” taronam bilan ishtirok etganman. Ushbu film ham tomoshabinlarga manzur bo'lgan deb o'ylayman.

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Hayot va ijod


Men san'atkor sulolasidanman, shuning uchun
hayotimni san'atsiz tasavvur qila olmayman!
Axir san'at tarbiya demakdir.

O'zim haqimda batafsil...

Men, Azizov Mirzabek Mamadjonovich, 1963 yil 22 may kuni Namangan viloyati Chust shahrida, san'atkor oilasida dunyoga keldim.
    Otam, Mahammadjon Azizov 1899 yilda tavallud topgan bo'lib, o'z davrining mashhur hofizlaridan bo'lganlar. Otalari Azizxon hofizdan, ukalari Salmonjon Azizov bilan birgalikda dastlabki “Shahmaqom”ni o'rgangan va keyinchalik mashhur Sodirxon hofizdan san'at sirlarini o'rganganlar. Otam Mahammadjon hofiz Chust shahridagi “Xalq teatri”ni tashkilotchilaridan bo'lganlar.
    Onam, Muhabbatxon Kamolova esa uy bekasi bo'lganlar. 1920 yilda tavallud topib, 1987 yilda vafot etganlar. Otam Mahammadjon hofiz esa 1977 yilda olamdan o'tganlar.
    Oilada 5 farzand bo'lganmiz.
•  akam: Azizov Jo'raxon – o'qituvchi,
•  opam: Azizova Mukarramxon – savdo xodimi,
•  opam: Azizova Manzuraxon – savdo xodimi,
•  opam: Azizova Matlubaxon – o'qituvchi;

    Men 1970 yilda “Karl Marks” nomli (hozirgi “Na'muna”) o'rta maktabining 1 sinfiga borib, 1980 yil shu maktabni a'lo baholarga tamomladim. Sobiq sho'ro davrida o'quvchilarni paxta-yaganasi munosabati bilan attestatni kech oldim va 1 yil maktabda musiqa o'qituvchisi bo'lib ishladim. Va nihoyat otamning orzulari bo'lmish, Toshkent Davlat San'at Institutiga 1981 yil kirib, “musiqali drama aktyorligi” fakultetini 1987 yil muvaffaqiyatli tamomladim. 1987-89 yillarda Turkiston harbiy okrugi (hozirgi Mudofaa Vazirligi) qoshidagi “ashula va raqs” ansamblida harbiy hizmat vazifasini o'tadim. 1989 yil, noyabr oyida “Muqimiy” nomli O'zbek Davlat musiqali teatriga qabul qilindim.Hozirda bir oila boshlig'iman. Turmush o'rtog'im Tojibar Azizova Ichki Ishlar Vazirligi qoshidagi “ashula va raqs” ansamblining yakkaxon qo'shiqchisi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, “Shuhrat” medali sovrindori, “Mustaqillikning 15 yillik medali” sohibi, Ichki Ishlar militsiya kapitani. Umr yo'ldoshim bilan bitta institutda, bir fakultetda o'qiganmiz!

O'glim: Azizxon Azizov 1988 yil 27 yanvarda tug'ilgan. Hozirda “Jahon Iqtisodiyot va Diplomatiya” Universiteti talabasi.
Qizim: Mahzunaxon Azizova 1990 yil 3 aprel kuni dunyoga kelgan. Maktab o'quvchisi. Xullas ikki farzandim bor.

    Men, 1989-92 yillar “Muqimiy” nomli musiqali teatrda, 1992-97 yillar “Abror Xidoyatov” nomli drama teatrida, va hozirda yana “Muqimiy” teatrida ishlab, ijod qilib kelyapman.
Teatr bilan birgalikda Toshkent Davlat San'at Institutida 1995-2001 yillarda “vokal” kafedrasida (ya'ni, “yakkaxon qo'shiqchilik”) dotsent bo'lib saboq berdim.
Men, 1999 yilda “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvonini oldim.
    2005 yilda San'at Institutini “oily rejjisura” kursini tamomladim. Diplom spektaklim “Muqimiy” teatri repertuaridan joy oldi. Nasrulla Qobil qalamiga mansub, Bahrulla Lutillaev musiqasi bilan, “To'da” spektaklini sahnalashtirdim. Giyohvandlikka qarshi kurashni tarannum etuvchi ushbu spektakl 2005 yil, Misr Arab Respublikasi, Qohira shahrida o'tkaziladigan an'anaviy XVII xalqaro eksperimental teatr festivalida g'olib bo'ldi. 2006 yilda, Haydar Muhammad asari, Manas Leviev musiqasi bilan “Toshkentning nozanin malikasi” spektaklini sahnalashtirdim.
    2004 yilda “Otchopareshonfilm” xususiy studiyasini tashkil qildim va Komil Avaz scenariysi asosida “Muhabbatimsan” filmi ekran yuzini ko'rdi. 2006 yilda esa ikkinchi film “O'tkinchi baxt” suratga olindi.
    1994 yilda Angliya buyurtmasiga muvofiq, Turk telefilm ijodkorlari tomonidan ishlangan “Turkiy xalqlar qo'shiqlari” filmida o'zim tor chalib 30 daqiqa davomida qo'shiq (ya'ni, xalq qo'shiqlarini) ijro etib sharxlab berganman.
    1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan Parijda YUNESKO tomonidan o'tkazilgan xalqaro bayramda “Temur davridagi shoir va shoiralar” spektaklida “ODEON” teatri sahnasida Lutfiy rolini ijro etganman.
    1997 yilda YUNESKO tomonidan tashkil etilgan “Buxoro va Xiva”ning 2500 yillik yubileyida Prij shahrida “Marini” teatri sahnasida “Ipak yo'li” spektaklini ijro etganmiz.
    2000 yilda “O'zbekiston-Amerika” do'stlik jamiyati orqali Nyu York, Nyu Jersi, Vashington shaharlarida konsert dasturi bilan ijodiy safarda bo'lganman.
    2006-07 yillarda Yapon madaniyati fondi tashkil etgan Hindiston davlati Dehli shahrida o'tkazilgan xalqaro teatr festivalida “Medeya” spektakli bilan qatnashib Kreont rolini ijro etdim.
    Undan tashqari 1991 yil, Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan beri, Mamlakatimizning bosh sahnalarida “Mustaqillik” va “Navro'z” hamda turli xil siyosiy bayramlarimizda bir qator bosh rollarni ijro etib kelaman:
•  Muqanna
•  Jaloliddin Manguberdi
•  Alpomish
•  Arab shohi
•  Zardushtbobo
•  Shohruh Mirzo

Bo'yim – 1m. 90sm
Vaznim – 115kg
Ovozim – Dramatik bas-bariton
Yoqtirgan taomim – Palov
Yoqtirgan ranglarim – qora, oq, jigarrang.
Millatim – O'zbek
O'zbek, rus, tojik tillarda so'zlasha olaman.

Eng katta orzuim “Mashrab” filmini yaratish va Mashrab rolini filmda ijro etish. Teatrda esa “Otello” rolini ijro etish. Afsuski bu orzu…
       
Formga Kirish
Calendar
«  Март 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Izlash
Do'stlar
Banner
Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

Siz uchun avatar

 



| Copyright MyCorp © 2024 | Хостинг от uCoz |